
Rossiya termasining sobiq futbolchisi, ayni damda “Navbahor” bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis termaning Belgiyadan uchralgan 1:4 hisobidagi magʻlubiyatidan keyingi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
"Belgiyaga qarshi birinchi oʻyinning oʻzidayoq bizning asl darajamiz koʻringandi. Keyin esa Kipr, San-Marino termalari magʻlub etildi va biz quvona boshladik. Biz bu termalarni magʻlub etishimiz shart edi. Endi biz yana oʻsha oʻrindamiz va kim aslida kim ekanligi koʻrindi.
Futbolchilarga hech qanday eʼtirozim yoʻq - ular oxirigacha kurashishdi. Barchasi oddiy - bizning hozirgi darajamiz shunday. Menimcha bu tarixdagi eng kuchsiz Rossiya termasi", - dedi Kanchelskis.
Rossiya TermasiAndrey KanchelskisNavbahor MurabbiyiBelgiyadan MagʻlubiyatOʻyin FikrlariFutbolchilar Kurashdi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar