«Rostov» klubidagi moliyaviy muammolar sababli, jamoa o‘z to‘purari Eldor Shomurodovni transferga qo‘yishi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqalgach, o‘zbekistonlik goleadorga Rossiyaning grand klublaridan tashqari, Turkiyaning nomdor jamoasi ham da’vogarlik qilmoqda. Bu haqda tribuna.uz sayti Turkiyaning Hurriyet nashriga tayanib xabar berdi.
Manbada yozilishicha, joriy mavsumda hujumchiga yolchimayotgan «Galatasaroy» Eldor Shomurodovga qiziqish bildirmoqda. Klub mavsum boshida o‘z safiga qo‘shib olgan ikki hujumchi – kolumbiyalik Radamel Falkao va ruminiyalik Florin Andonening o‘yinidan umuman qoniqmayapti. Ikki forvard ham jarohatlar girdobida qolayotgani klub bosh murabbiyi Fotix Terimning rejalarini buzmoqda. Katta umidlar bilan Istambul klubiga taklif etilgan Falkao mavsum boshidan buyon 5 o‘yinda bor yo‘g‘i 1 ta gol urgan. Turkiya Superligasining amaldagi chempioni O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisini yanvardagi transfer oynasida qo‘shib olmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq SSKA Shomurodov uchun 5 million taklif etayotgani haqida xabar chiqqan bo‘lsa, ko‘p o‘tmay «Sovetskiy Sport» nashri Shomurodov uchun kurashda «Zenit» favorit ekanligi haqida yozgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi