17:45 / 23.11.2019
4 399

Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari uchun aql-idrok va sport egizak tushunchalar

Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari uchun aql-idrok va sport egizak tushunchalar
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tizimida jismoniy tayyorgarlik va sport sohasiga katta e’tibor qaratilib, har xil yo‘nalishlarda musobaqa va bellashuvlar tashkil qilinmoqda. Ana shu e’tibor samarasi bo‘lib Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari orasida turli sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston, Osiyo va jahon chempionlari yetishib chiqayotganligini Bahodir Jalolov, Bobo-Usmon Baturov, Murodjon Ahmadaliyev, Hasanboy Do‘smatovlar misolida ko‘rishimiz mumkin.

Sportning turli yo‘nalishlarida yuqorida nomlari qayd etilgan chempionlarimiz kabi sportchilarning zahirasini yaratish maqsadida joriy yilning 18-20 noyabr kunlari Toshkent shahridagi “JAR” sport majmuasida Milliy gvardiya tomonidan sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi birinchiligi uchun musobaqa tashkil etildi.

Mazkur turnirda jami 7 ta (-65, -70, -75, -80, -85, -90, +90) vazn toifasida 120 ga yaqin Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlaridan tashkil topgan 18 ta jamoa ishtirok etib, o‘z kuchlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Musobaqa murosasiz janglarga boy bo‘ldi. Bellashuvlar yakuniga ko‘ra 1-o‘rinni Milliy gvardiya Toshkent viloyati bataloni, 2-o‘rinni Xorazm viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi va 3-o‘rinni Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti jamoalari egallab, tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandilar.

Shuningdek, g‘oliblar 2020 yilda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan qo‘l jangi bo‘yicha musobaqaga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari uchun aql-idrok va sport egizak tushunchalar