21:10 / 24.11.2019
2 205

Aleksandr Xomyakov: "O‘yinning barcha jabhalarida raqibga yutqazdik"

Aleksandr Xomyakov: "O‘yinning barcha jabhalarida raqibga yutqazdik"
«Andijon» jamoasi o‘z maydonida «Lokomotiv»ga yirik hisobda yutqazib qo‘yganidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov mag‘lubiyatning sababini quyidagicha izohladi:

- Bunday natijadan keyin o‘yin tafsilotlari haqida fikr bildirish ancha qiyin. Biz uchun mavsum tugab bo‘ldi, shunchaki oxirini o‘tkazyapmiz. Afsuski, «Lokomotiv»ga qarshi uchrashuvda o‘ylagan biror-bir rejamizni amalga oshirish nasib qilmadi. Raqibga aqalli munosib qarshilik ko‘rsata olganimiz yo‘q. O‘yinning barcha jabhalarida «Lokomotiv»ga yutqazdik, desam aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

Shunday ekan, raqibimizning g‘alabasi haqqoniy. Boya aytganimdek, mavsumning oxirgi qismini o‘tkazyapmiz. Umid qilamanki, kelgusi mavsumga «Andijon» har tomonlama – moliyaviy va o‘yin jihatlari bo‘yicha ham yaxshi hozirlik ko‘ra oladi. Boz ustiga hozirda yil oxirlab qoldi, futbolchilarda charchoq alomatlari ko‘zga tashlanyapti.

Ko‘pchiligining klub bilan tuzgan shartnomalari oxirlab qolgan. Bunday paytda futbolchilarning diqqat-e’tiborini bir joyga jamlagan holda to‘p surishlari oson kechmaydi. Chunki ularning xayolida turli fikrlar charx urayotgan bo‘ladi. Xullas, bo‘lib o‘tgan o‘yin haqida izoh berishim qiyin. Buning uchun meni to‘g‘ri tushunishinglarni so‘rab qolaman, - dedi Aleksandr Xomyakov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Xomyakov: "O‘yinning barcha jabhalarida raqibga yutqazdik"