14:30 / 27.11.2019
3 227

Sardor Rashidov: “Kuper isteʼfoga chiqarilgach, Qatardagi hamma misrliklar meni tabriklashgandi”

Sardor Rashidov: “Kuper isteʼfoga chiqarilgach, Qatardagi hamma misrliklar meni tabriklashgandi”
Sardor Rashidov Vadim Abramov murabbiyligidagi Oʻzbekiston milliy jamoasidan taklif olmagan boʻlsa-da, klubi “Qatar SK” safida oʻz gollari bilan muxlislarni quvontirmoqda. U FIFA kunlari sabab yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib, yurtimizga qaytdi.

Fursatdan foydalangan Kun.uz sayti muxbiri Jizzaxda Sardor Rashidov bilan uchrashib, intervyu oldi. Suhbat davomida legioner futbolchi milliy jamoamiz sobiq bosh murabbiyi Ektor Kuper haqida ham fikr bildirdi.

“Ektor Kuper oʻyin va natija jihatdan bizga hech narsa bermadi. Qatarda misrliklar juda koʻp. Klubimizda ham misrlik futbolchilar, mutaxassislar, klub ishchilari talaygina. Qizigʻi, Kuper bizga bosh murabbiy boʻlganida ularning aksariyati «Kuper sizlarda ish boshlabdi, muammoga yoʻliqibsizlar-da”, deyishgandi. Negadir misrliklarning hammasi Kuperni yoqtirishmasdi. Qaysi misrlik bilan gaplashmay, u bizni “oʻldirib ketgan” deyishardi. Kuper isteʼfoga chiqarilgach, Qatardagi misrlik murabbiy va futbolchilar xursand boʻlib, meni tabriklashgandi.

Aynan uning qoʻl ostidagi oʻz oʻyinim haqida gapiradigan boʻlsam, oʻshanda men hujum haqida emas, koʻproq himoyamiz haqida oʻylashim kerak edi. Uning talabini bajarmasam, darhol zaxiraga olardi. Bizda hujumkor yaxshi futbolchilar koʻp boʻlsa-da, Ektor Kuper eng avvalo himoya haqida oʻylashimiz kerakligi haqida gapirardi. Hattoki Misrda ham shunday ishlagan ekan. Misrlikning aytishicha, Kuper Misr terma jamoasida ham Muhammad Salohdan boshqa hammani asosan himoyada toʻp surishlarini talab qilgan ekan» - deydi Sardor Rashidov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sardor Rashidov: “Kuper isteʼfoga chiqarilgach, Qatardagi hamma misrliklar meni tabriklashgandi”