Boks yurtimizda eng sevimli sport turlaridan biri ekani sir emas. Barchamiz hamyurtlarimiz ishtirokidagi janglarni katta hayojon bilan kuzatib boramiz. Ayniqsa, har bir raund yakuniga yetgach hakamlarning bokschilarga qanday ochko berganini hamma katta hayajon bilan bilishni istaydi.
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining boks bahslarini o‘tkazish va nazorat qilib borish uchun tuzgan komissiyasi yangi qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, Tokio Olimpiadasining saralash bahslari va Olimpiya o‘yinlarida o‘tkaziladigan janglarda hakamlarning bokschilar uchun bergan ochkolari har bir raund yakunida e’lon qilib boriladi. Bu holatga Rio Olimpiadasi vaqtida ham guvoh bo‘lgan edik.
Morinari Vatanabe boshchilik qilayotgan maxsus komissiya ochkolarning bunday e’lon qilinishiga baholanish me’zonining shaffof va adolatli bo‘lishi kerakligi bilan izoh bermoqda. XOQning ma’lum qilishicha, bunday qaror sportchilar bilan o‘tkazilgan konsultatsiyadan so‘ng qabul qilingan. Yana bir e’tiborli jihati shundaki, maxsus komissiyaning qaroriga ko‘ra, Rio Olimpiadasining boks bahslarida ishlagan referilar yangi Olimpiya o‘yinlari saralash musobaqalari va Tokio-2020da faoliyat olib bora olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo qit’asi va jahon miqyosida Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi boks turnirlari kelasi yilning 3-14 fevral kunlari Xitoyning Uxan, 13-24 may kunlari esa Fransiyaning Parij shaharlarida o‘tkaziladi.
Manba: olympic.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...