Qatarda faoliyat yuritayotgan hamyurtimiz, Alisher Nikimbayev telegramdagi o‘zining sahifasida ma’lum qilishicha, Osiyo chempionati saralash o‘yinida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari va saudiyaliklar o‘rtasida janjal kelib chiqqan.
- Saudiya Arabistonidagi hamkasblarimizning so‘zlariga ko‘ra, yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati saralash o‘yinidan so‘ng ular va bizning terma jamoamiz vakillari o‘rtasida mushtlashuv yuz bergan. Menda o‘sha voqea aks etgan video bor. Ammo OFK intizom qo‘mitasi bu bo‘yicha o‘z qarorini ma’lum qilmaguncha videoni e’lon qilmayman. Tashkilotning qarori kelasi yil oktyabr oyida Osiyo chempionatini qabul qiladigan terma jamoa uchun salbiy bo‘lishi mumkin. Mushtlashuv tafsilotlari bu terma jamoa rahbariyatidagi kutilmagan o‘zgarishlarga olib kelgan bo‘lishi mumkin, - deya ma’lum qildi Alisher Nikimbayev. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin