Superliga 26-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" hamda "Navbahor" jamoalari (1:0) o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng namanganliklar ustozi Andrey Kanchelskis uchrashuv borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Bugungi o‘yin qiziqarli bo‘ldi. Kayfiyat ham boshqacha bo‘ldi, ob-havo ham. Kechagi bahs esa tumanda ancha qiyinchiliklarga duch keldik. O‘yinda ko‘proq himoyaviy taktika asosida o‘ynadik. Futbolchilarga mavsum davomidagi o‘yinlari uchun rahmat aytaman. Muxlislarimizga hamda qo‘qonlik futbol ishqibozlariga minnatdorchilik bildiraman.
Angliya tumanli albion deyiladi, lekin tajribamda bunday tumanda futbol o‘ynashga to‘g‘ri kelmagan. Kecha esa biz shunday vaziyatda to‘p surishimizga to‘g‘ri keldi. Endi buni amaliyotda ham ko‘rdim. O‘z o‘rnida "Qo‘qon-1912" futbol klubi rahbariyatiga bizga bergan yordamlari, iliq kutib olganlari uchun o‘zimni minnatdorchiligimni izhor qilaman. Bu jamoaga kelgusi mavsumda omad tilayman!
Keyingi mavsumda jamoamiz rahbariyati oldimizga aniq maqsadlarni qo‘yishgan. Biz kuchli uchlikka kirish hamda chempionlar ligasiga chiqish maqsadida harakat qilamiz", - deb rossiyalik mutaxassisning so‘zlarini keltirib o‘tdi "Qo‘qon-1912" matbuot xizmati. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...