09:39 / 03.12.2019
4 085

Messi – 6 karra “Oltin toʻp” sohibi

Messi – 6 karra “Oltin toʻp” sohibi
Foto: AP
“Barselona” hamda Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messi France Football tomonidan oʻtkazilgan 2019-yilgi “Oltin toʻp” sovriniga munosib koʻrildi. Bu Leoning faoliyatidagi oltinchi “Oltin toʻp”dir.

32 yoshl argentinalik futbolchi ovoz berish natijalariga koʻra “Liverpul” himoyachisi Virjil van Deyk va “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduni ortda qoldirdi.


Eslatib oʻtamiz, Messi sentyabr oyi oxirida FIFA tomonidan 2018/2019-yilgi mavsumning eng yaxshi oʻyinchisi – The Best sovriniga ham loyiq koʻrilgan edi.

“Oltin toʻp - 2019” soʻrovnomasi reytingi:
1. Lionel Messi (Argentina, “Barselona”)
2. Virjil van Deyk (Niderlandiya, “Liverpul”)
3. Krishtianu Ronaldu (Portugaliya, “Yuventus”)
4. Sadio Mane (Senegal, “Liverpul”)
5. Muhammad Saloh (Misr, “Liverpul”)
6. Kilian Mbappe (Fransiya, “PSJ”)
7. Alisson (Braziliya, “Liverpul”)
8. Robert Levandovski (Polsha, “Bavariya”)
9. Bernardo Silva (Portugaliya, “Manchester Siti”)
10. Riyad Marez (Jazoir, “Manchester Siti”)

Shuningdek, Parijda oʻtgan marosimda quyidagi nominatsiyalar boʻyicha ham gʻoliblar eʼlon qilindi:

“Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi” – Megan Rapino (AQSH)

“Yilning eng yaxshi darvozaboni” (Lev Yashin sovrini) – Alisson Beker (Braziliya, “Liverpul”)

“21 yoshgacha boʻlgan eng yaxshi yosh futbolchi” (“Copa Trophy”) – Matteys de Ligt (“Ayaks”/“Yuventus”, Niderlandiya)

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messi – 6 karra “Oltin toʻp” sohibi