
“Oltin toʻp 2019” taqdirlash marosimida boshlovchi rolini bajarib bergan Didye Drogba Kilian Mbappe bilan sahnaning oʻzidayoq selfi qildi.
“Chelsi” sobiq futbolchisi ushbu holatni fransiyalik forvarddan 10 yillik qarzni qaytarilishi deb izohladi.
“10 yil oldin ”Chelsi“ va ”Barselona“ oʻyinidan soʻng, bir yigit oldimga keldi va men bilan rasmga tushishni xohladi. Men esa hakamlarning harakatidan noroziligim sabab ushbu taklifni rad etdim. Keyin oʻsha yigit Kilian Mbappe boʻlganini bildim. Hozir qarzimni qaytaryapman”, - deydi Drogba. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar