Oradan 20 yil oʻtgach Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining Kongressi oʻz poytaxtiga qaytdi. Shveysariyaning Lozanna shahrida dunyoning 150 dan ortiq mamlakat vakillaridan 300 delegat ishtirok etgan Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining navbatdagi Kongressi boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbirda MOQ prezidenti, Markaziy Osiyo va Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi raisi Rustam Shoabdurahmonov va Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi bosh kotibi Gulnora Saidova ham ishtirok etdi.
Kongressda Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi prezidenti Tomas Bax ham qatnashib, tadbir ishtirokchilarini samimiy qutlab oʻtdi. XOQ prezidenti qilichbozlikning barcha 12 yoʻnalishini ham Olimpiya oʻyinlari dasturiga kirishida ulkan xissa qoʻshgan janob Alisher Usmonovni XOQning maxsus sovgʻasi bilan taqdirladi.
Kongress doirasida yil yakunlari boʻyicha ham qator nominatsiyalar boʻyicha taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Unga koʻra, quyidagi yoʻnalishda sovrinlar topshirildi:
“Fair Play Trophy”: Sablya boʻyicha Vengriya terma jamoasi vakillari Tamash Dechi, Chanad Gemesi, Andrash Satmari, Aron Ssilagi va fransiyalik Bolade Apitiga.
Kattalar va yoshlar oʻrtasida reyting gʻoliblari:
Shpaga. Kattalar oʻrtasida jamoaviy: Rossiya (ayollar va erkaklar). Yakkalik: Man Vay Vivian Kong (Gongkong) va Kazuyasu Minobe (Yaponiya).
Yoshlar oʻrtasida: Rossiya (ayollar) va Vengriya (erkaklar). Yakkalik: Federika Izola va Davide Di Veroli (ikkalasi ham Italiya).
Rapira. Kattalar oʻrtasida jamoaviy: Rossiya (ayollar) va AQSH (erkaklar). Yakkalik: Inna Deriglazova (Rossiya) va Alessio Fokoni (Italiya).
Yoshlar oʻrtasida: Italiya (ayollar) va Rossiya (erkaklar). Yakkalik: Martina Favaretto (Italiya) va Mohammed Hamza (Misr).
Sablya. Kattalar oʻrtasida jamoaviy: Fransiya (ayollar) va Koreya Respublikasi (erkaklar). Yakkalik: Olga Xarlan (Ukraina) va Sangxuk Ox (Koreya Respublikasi).
Yoshlar oʻrtasida: Germaniya (ayollar) va Italiya (erkaklar). Yakkalik: Yoana Iliyeva (Bolgariya) va Lorenso Roma (Italiya).
Millatlar Gran-prisi: Rossiya va Italiya.
Shuningdek, mazkur Kongress davomida Kabo-Verde, Keniya, Oman va Papua-Yangi Gvineya kabi mamlakatlar Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi aʼzo boʻlishdi. Shu tariqa xalqaro tashkilotga aʼzo mamlakatlar soni 157 taga yetdi.
Kongressda xalqaro federatsiyaning ortda qolgan vaqt mobaynida olib borgan ishlari, joriy yil boʻyicha moliyaviy hisobiti va kelasi yil uchun ajratilgan byudjeti toʻgʻrisida hisobot tinglandi. Shuningdek, 2021-yil kattalar oʻrtasidagi jahon chempionatiga mezbonligi uchun oʻtkazilgan ovoz berishda Misr mamlakati nomzodi maʼqullandi. Qolaversa, 2020-2024-yillar oraligʻidagi xalqaro musobaqalarda jahon va Olimpiada chempionlarining bahslarda ajralib turishi uchun ularning sport kiyimiga ism-familiyasini qizil va oltin ranglarda yozdirib qoʻyish boʻyicha qaror qabul qilindi.
Manba: olympic.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...