Krishtianu Ronaldu: «Irinaga baxt tilayman»

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu rossiyalik supermodel Irina Sheyk bilan munosabatlari yakuniga etganini bildirdi va unga baxt tiladi.
«Irina Sheyk bilan besh yillik munosabatlarimiz nihoyasiga etdi. Bu qadamni hozir qo‘yishimiz - ikkimiz uchun ham yaxshi bo‘lishini o‘yladik. Irinaga baxt tilayman», - deydi Ronaldu.
Eslatib o‘tamiz, Portugaliya matbuoti bu ajralishga Krishtianuning onasi, Sheykning qaynonasi bo‘lishi mumkin bo‘lgan Dolores Aveyruning 60 yillik yubileyiga modelning tashrif buyurmaganini sabab qilib ko‘rsatmoqda. Shu sabab oshiq va ma’shuqa Dubaydagi ta’til vaqtida qattiq janjallashib qolganlar va ajralishga kelishganlar.
Manba: www.stadion.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing