Foto: Nick Potts/PA via AP
Britaniyalik bokschi Entoni Joshua amerikalik Endi Ruisga qarshi jangda avval unga boy bergan 3 ta chempionlik kamarini qaytarib olishga muvaffaq bo‘ldi. Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod yaqinidagi Ad-Diriyoda o‘tgan boks jangi Joshuaning ochkolar bo‘yicha g‘alabasi bilan yakunlandi.
3 hakamdan barchasi g‘alabani britaniyalik bokschiga bergan: 118:110, 119:109, 118:110.
Joshua o‘ta og‘ir vazndagi WBA, WBO va IBF chempionlik kamarlarini qaytarib oldi. Ushbu jang ikki bokschi o‘rtasidagi ikkinchi jang hisoblanib, iyunda o‘tgan birinchi jangla Ruis 7-raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozongandi.
Britaniyalik bokschi ilk chempionlik kamarini 2016 yilda qo‘lga kiritib, shundan keyin IBF kamarini 6 marta, WBA kamarini 3 marta va WBO kamarini bir marta himoyalay olgan.
Endilikda 30 yoshli Joshuaning hisobida 23 ta g‘alaba va bir mag‘lubiyat, uning tengquri Ruisda esa 33 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat bor.
Ayni vaqtda o‘ta og‘ir vazn toifasidagi 4 ta eng nufuzli versiyadan biri - WBC kamariga amerikalik Deontey Uaylder egalik qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...