YЕChL. 1/8 finalga chiqqan yana 4 jamoa nomi ma’lum, «Inter» va «Ayaks» Yevropa Ligasida o‘ynaydi

YЕChL. 1/8 finalga chiqqan yana 4 jamoa nomi ma’lum, «Inter» va «Ayaks» Yevropa Ligasida o‘ynaydi
Foto: AP
Chempionlar Ligasida yana 3ta guruhda so‘nggi tur o‘yinlari yakunlandi.

F guruhida «Barselona» o‘ziga keraksizdek o‘yinda «Inter»ni mag‘lub etdi, bu esa «Borussiya» Dortmundning pley-offga chiqishiga sabab bo‘ldi. «Inter» o‘z yurishini Yevropa Ligasida davom ettiradi.

G guruhida «Lion» o‘z uyida «Leypsig» bilan bahsda kambek qildi va nemis klubi ortidan ikkinchi o‘rinni olib, keyingi bosqichga chiqdi. «Zenit» esa «Benfika»ga yirik hisobda yutqazib, portugal klubini Yevropa Ligasiga o‘tkazib yubordi.

Н guruhida «Valensiya» kutilmaganda «Ayaks» maydonida g‘alaba qozonib, guruhda 1-o‘rinni oldi. Ikkinchi o‘rin «Chelsi»ga nasib etdi. «Ayaks» esa Yevropa Ligasiga yo‘l oldi.

F guruhi
Inter – Barselona 1:2
Gollar:
Lukaku (44) – Peres (23), Fati (86).
Inter: Handanovich, Biragi (Latsaro, 69), Godin, de Vrey, D`Ambrozio (Politano, 75), Vesino, Brozovich, Valero (Espozito, 77), Shkrinyar, Martines, Lukaku.
Barselona: Neto, Vage, Todibo, Langle, Firpo, Alenya, Rakitich (de Yong, 62), Karles Peres (Fati, 85), Vidal, Umtiti, Grizmann (Suares, 63).
Ogohlantirishlar: Langle (35), Valero (45+1), Firpo (49).

Borussiya D – Slaviya 2:1
Gollar:
Sancho (10), Brandt (61) – Souchek (43).

G guruhi
Lion – Leypsig 2:2
Gollar:
Auar (61), Depay (84) – Forsberg (9 penalti), Verner (33, penalti).

Benfika – Zenit 3:0
Gollar:
Servi (48), Pitssi (58, penalti), Ozmun (79, avtogol).

Н guruhi
Chelsi – Lill 2:1
Gollar:
Abraham (19), Aspilikueta (35) – Remi (78).

Ayaks – Valensiya 0:1
Gol:
Rodrigo (24).
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar