Cha Du Ri: «O‘zbekistonga mag‘lub bo‘lsak, terma jamoadagi faoliyatimga nuqta qo‘yaman»

Cha Du Ri: «O‘zbekistonga mag‘lub bo‘lsak, terma jamoadagi faoliyatimga nuqta qo‘yaman»
Cha Du Ri: «O‘zbekistonga mag‘lub bo‘lsak, terma jamoadagi faoliyatimga nuqta qo‘yaman»

Janubiy Koreya terma jamoasining uzoq yillik o‘ng qanot himoyachisi Cha Du Ri terma jamoasi safida yana 3ta o‘yin o‘tkazib, terma jamoadagi faoliyatini yakunlash niyatida.

Kecha koreys OAVlariga bergan intervyusida 35 yoshli futbolchi: «Yana 3ta o‘yin o‘tkazgach, ya’ni, Osiyo Kubogini qo‘lga kiritgach, terma jamoadan ketishga qaror qildim. Agar ertaga O‘zbekistinga mag‘lub bo‘lsak, bu mening terma jamoadagi so‘nggi o‘yinim bo‘ladi. Umid qilamanki, terma jmoadagi faoliyatim ertaga tugamaydi. Men oxirigacha terma jamoamga yordam berish niyatidaman. Hozir faqat va faqat Kubokni qo‘lga kiritgan holda ketishni o‘ylayapman. Undan boshqa natija kerakmas», - deya ta’kidlab o‘tdi.

Otabek Yo‘ldoshev
Janubiy Koreya, Seul


Manba: www.stadion.uz.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar