2 660
Anzur Ismoilovga "Sepaxon", shuningdek, Xitoy hamda Tailand klublari ham jiddiy qiziqishmoqda
Mavsumni «Lokomotiv» jamoasida yakunlagan tajribali himoyachi Anzur Ismoilovning temiryo‘lchilar bilan tuzgan shartnomasi nihoyasiga yetgani bois uning yangi mavsumni boshqa klubda o‘tkazishi borasida turli gap-so‘zlar tarqalgani ham bejiz emas.
Aslida chempionat yakunlanmasidan oldinoq unga «Paxtakor» tomonidan jiddiy qiziqish bo‘layotgani va katta ehtimol bilan Ismoilovning yangi mavsumni «Sherlar» safida o‘tkazishi aytilayotgandi. Lekin shuni ham unutmaslik kerakki, Anzurga birgina «Paxtakor»dan jiddiy taklif kelib tushmagan.
Ma’lum bo‘lishicha, unga Eronning yetakchi klublaridan biri sanalgan «Sepaxon» ham da’vogarlik qilmoqda. Eronliklar futbolchimizga tayyor shartnomani taklif qilmoqdalar. Shuningdek, futbolchimizga Xitoy hamda Tailandning yetakchi klublari ham qiziqish bildirishayotganini aytish joiz.
Bunday ma’lumotlar asosli va buni Anzur Ismoilovning o‘zi ham tasdiqlab o‘tdi. Biroq tajribali himoyachi hali bir qarorga kelgani yo‘q. Ammo o‘zining aytishiga qaraganda, faoliyatini xorijda o‘tkazishdan ko‘ra ko‘proq o‘zimizning chempionatda to‘p surishni ma’qul ko‘rmoqda. Demak, u bilan bog‘liq voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi