22:09 / 25.12.2019
2 251

Muhim musobaqa ostonasidagi OTJ haqida

Muhim musobaqa ostonasidagi OTJ haqida
Shahboz Beg‘amov Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati oldidan Lyubinko Drulovich boshqarayotgan OTJ haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Xudo xohlasa 2020 yili Tokio Olimpiadasiga O‘zbekiston yoshlar terma jamoasidan iborat komandamiz chiqishiga ishonyapman. Zo‘r avlod yig‘ilgan.

Har bir chiziqda raqobat mavjud va tanlovdagi futbolchilar katta futbol havosidan nafas olishga ulgurgan va yelkasida tajribasi ham bor. Birgina o‘ylantirayotgan jihat murabbiy. Ya’ni Lyubinko Drulovichni biz hali chinakam rasmiy o‘yinlarda ko‘rganimiz yo‘q va yetarli xulosa paydo bo‘lmagan. Lekin nisbatan oxirgi o‘yinlarda OTJning o‘yini o‘sgandek tuyuldi. Murabbiy ishlayotgani ko‘rindi. Muhimi, bu Osiyo chempionatida ko‘rinishi lozim. Guruh oson emas, lekin avval ham aytganimdek, maqsad Olimpiadami, demak mazkur "kvartet"dan bemalol o‘tish lozim.

Murabbiy qo‘l ostidagi futbolchilar tanlovi, ularning mahorati yoki boshqa nyuanslardan e’tiroz qilolmaydi. Kerakli yig‘in va sharoitlar ham muhayyo etildi. Muhimi, shtab Tailanddagi musobaqada yakdil bir jamoani to‘play olib, asosiy tarkib bo‘yicha to‘g‘ri qarorga kela olsa bo‘lgani. Tarkibning o‘zagi "Nasaf", suyagi "Bunyodkor"dan iborat. Kerakli "nuqta", ya’ni balansni topish qolgan. Janob Drulovich bu vazifani uddalashiga tilakdoshmiz.

Negadir shu safar Olimpiadaga chiqishimizga ishonch bordek. Bunga sabab yaxshi va paytida yig‘ilgan avlod meni ishontirmoqda", - deb yozadi AGMK matbuot kotibi Shahboz Beg‘amov o‘zining telegram kanalida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Muhim musobaqa ostonasidagi OTJ haqida