date
views 2 608

Manjukich "Yuventus" muxlislari tomon xayrlashuv xati yozdi

Manjukich "Yuventus" muxlislari tomon xayrlashuv xati yozdi
"Yuventus"dan "Al Duhayl"ga o‘tgan Mario Manjukich Turink klubi muxlislari tomon yuzlandi.
"4 yarim yillik faoliyatdan keyin jamoa muxlislari bilan shundoqqina xayrlasha olmayman. "Yuventus"ning har bir matchida men jamoa uchun qanchalik jon kuydirganimni barcha ko‘rganiga umid qilaman. Meni jamoaga taklif qilgan Massimiliano Allegriga rahmat aytaman.

"Yuventus" tarkibida o‘ynash men uchun faxr bo‘ldi. Jamoadagi so‘nggi o‘tkazgan oylarim esa "Yuventus"ga bo‘lgan muhabbatimni so‘ndirmaydi. Shu yerda men bilan birga ishlagan barcha insonlarga katta rahmat aytaman. Birgalikda qo‘lga kiritgan sovrinlarimizni hech qachon yoddan chiqarmayman. Muxlislarga esa alohida katta rahmat
!", - deb yozadi Manjukich.

33 yoshli Manjukich "Yuventus" tarkibida 162 o‘yinda 44 gol urdi va 18 golga assistentlik qildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Manjukich "Yuventus" muxlislari tomon xayrlashuv xati yozdi