
Angliya chempionatining 2019 yildan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuvi yakuniga yetdi.
O‘yinda Pep Gvardiola shogirdlarining qo‘li baland keldi. "Shaharliklar" safida gollarga Serxio Aguero va Kevin de Bryuyne mualliflik qildi. Shu tariqa "Manchester Siti" hisobidagi ochkolar sonini 41 taga yetkazib oldi. Mavsum avvlidagi fikrlar, taxminlar o‘zini oqlamadi. Gvardiola yana Klopp jamoasiga raqobat qilishi kutilgandi. Ammo jamoalar yangi yilga musobaqa jadvalidagi 14 ochkolik tafovut bilan o‘tishadi.
Manchester Siti – Sheffild Yunayted 2:0
Gollar: 1:0 – 52 Aguero, 2:0 – 82 de Bryuyne.
Manchester Siti – Bravo, Zinchenko, Erik Garsiya, Uoker, Fernandino, Bernardu Silva (Gyundogan, 62), de Bryuyne, Sterling (Gabriel Jezus, 88), Rodri Ernandes, Marez, Aguero (Foden, 81).
Sheffild Yunayted – Xenderson, Stivens, O`Konnell, Bashem, Boldok, Beshich (Makberni, 75), Flek, Robinson (Makgoldrik, 59), Norvud, Igan, Musse (Sharp, 83).
Ogohlantirishlar: Bernardu Silva (59), Stivens (85). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar