Foto: kff.kz
O‘zbekiston milliy jamoasi 2020 yil mart oyida Qozog‘iston milliy jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazmaydigan bo‘ldi.
Vesti KZ xabariga ko‘ra, qozog‘istonliklar ustozi, chexiyalik mutaxassis Mixal Bilek UYEFA a’zosining Osiyo jamoalari bilan o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazishida ma’no yo‘qligini aytgan va bahsning bekor qilinishiga erishgan.
O‘zbekiston – Qozog‘iston o‘yini 26 mart kuni Toshkentda o‘tkazilishi lozim edi. Bu haqda avvalroq har ikkala mamlakat Futbol Federatsiyalari kelishib olishgan edi.
Qayd qilish joizki, O‘zbekiston va Qozog‘iston milliy jamoalari so‘nggi marta 2007 yilda, Chimkent shahrida o‘tkazilgan «Alma-TV Kubogi» doirasida to‘qnash kelishgan va o‘yin 1:1 hisobida yakunlangan edi. O‘zbekiston milliy jamoasi o‘z tarixida Qozog‘iston bilan 6 marta o‘ynagan va 2 marta g‘alaba qozonib, 1 marta yutqazgan. 3ta bahs durang natija bilan yakunlangan.
Endi O‘zbekiston milliy jamoasi 26 mart kuni Armaniston bilan o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazishi mumkin. Gap shundaki, 30 mart kuni armanlar Almatida Qozog‘iston milliy jamoasi bilan ham o‘rtoqlik bahsida maydonga tushishi lozim. Shu tufayli, Armaniston milliy jamoasi Qozog‘istonga borishdan oldin Toshkentga «kirib o‘tsa» ajab emas. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?