U-23 Osiyo chempionati start olishiga 2 kun qoldi, deb yozadi O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi rasmiy kanali.
Qit’a chempionati uchrashuvlarini to‘liq formatda “Sport” telekanalida tomosha qilish mumkin.
Qit’a chempionatiga munosib tayyorgarlik olib borgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ayni paytda musobaqa doirasidagi ilk o‘yinini o‘tkazadigan Songxla shahriga yetib kelgan va ilk o‘yin – Eronga qarshi uchrashuvga hozirlik ko‘rmoqda.
OFK Media bo‘limi vakillari terma jamoamiz joylashgan “BP Samila Hotel” mehmonxonasiga tashrif buyurishdi va terma jamoamiz yetakchilaridan biri – Hojiakbar Alijonov bilan chempionat oldidan suhbat qurishdi.
Ma’lmu bo‘lishicha, terma jamoa turnirga yaxshi tayyorgarlik olib borgan. Iqlimga ko‘nikishda ortiqcha muammo bo‘lmaydi. Sababi qishgi yig‘inlar issiq mamlakatlarda olib borilgan. Qolaversa, Tailandga ham biroz ertaroq borilgan.
Terma jamoamiz 2018 yilda U-23 Osiyo chempionatida g‘olib chiqqan edi. Endigi maqsad – o‘sha muvaffaqiyatni takrorlash va Olimpiada o‘yinlariga yo‘l olish. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?