23:53 / 06.01.2020
2 306

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining bugungi mashg‘uloti qanday o‘tdi?

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining bugungi mashg‘uloti qanday o‘tdi?
Tailand yashil maydonlarida futbol bo‘yicha 23 yoshgacha o‘yinchilar o‘rtasida Osiyo chempionati start olishiga 1 kundan ko‘proq vaqt qoldi.
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ilk o‘yinini 9 yanvar sanasida Eronga qarshi o‘tkazadi. Lyubinko Drulovich shogirdlari mazkur uchrashuvga hozirlik jarayonini davom ettirishmoqda.

Bugun ham olimpiyachilarimiz tushdan so‘ng mashg‘ulot o‘tkazishdi. Mashg‘ulotning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq tarzda o‘tdi. Mashg‘ulotga OFK media bo‘limi xodimlari, Xitoy televideniyesi vakillari, shuningdek mahalliy Tailand nashrlari vakillari tashrif buyurishdi.

Mashg‘ulot jarayoni ancha ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Yigitlarning barchasi mashg‘ulotlarda qattiq ishtiyoq bilan mexnat qilishdi.
Quyida mashg‘ulot jarayonidan fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin:






arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining bugungi mashg‘uloti qanday o‘tdi?