11:00 / 11.01.2020
2 734

AGMK o‘z safiga legioner futbolchini qo‘shib oldi

AGMK o‘z safiga legioner futbolchini qo‘shib oldi
Olmaliqning AGMK jamoasi yangi mavsum oldidan tarkibni yanada kuchaytirish va shakllantirish maqsadida klub rahbariyati 2020 yildagi ikkinchi transferni amalga oshirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tarkibni boyitgan legioner futbolchi AGMK jamoasi muxlislari va Olmaliq shahri uchun begona bo‘lmagan Yovan Jokich. 2018 yilgi futbol mavsumida jamoa sharafini himoya qilgan, markaziy yarim himoya chizig‘ida o‘ynaydigan Jokich bilan klub yangi 2020 yilgi mavsum uchun shartnoma imzoladi.

Ma’lumot o‘rnida: Yovan Jokich AGMK jamoasi safida jami 36 o‘yin o‘tkazgan va 14 gol muallifiga aylangan. Shuningdek, Jokich AGMK jamoasining 2018 yilgi O‘zbekiston Kubogi musobaqasida g‘olib chiqishida ham katta hissa qo‘shgan.

Yovan Jokich butun faoliyati davomida jami 225 o‘yinda maydonga tushgan va raqiblar darvozasini 24 bor ishg‘ol etgan.
Yovan Jokich haqida qisqacha ma’lumot:

Tug‘ilgan sanasi: 1992 yil, 13 avgust
Tug‘ilgan joyi: Serbiya
Yoshi: 27
Pozitsiya: markaziy yarim himoya
O‘ynagan jamoalari: "Yavor" (2012-2017), "Atirau" (Qozog‘iston, 2017), "Lokomotiv" (O‘zbekiston, 2019), AGMK (O‘zbekiston, 2018, 2020-...)

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » AGMK o‘z safiga legioner futbolchini qo‘shib oldi