Superog‘ir vazn toifasidagi sobiq jahon chempioni Tayson Fyuriga (29-0-1, 20 KO) WBO prezidenti Fransisko Valkarselning Bahodir Jalolov bilan jang qilishi borasidagi taklifi va unga Tayson Fyurining munosabati borasida xabar berib o‘tgan edik. O‘z o‘rnida hamyurtimiz ham unga o‘ziga xos javob qaytargan edi.
Xullas, bu jangni hali beri bo‘lmasligini boksdan u qadar xabari bo‘lmagan inson ham yaxshi tushunadi. Oddiy ikki sababini keltiradigan bo‘lsak, Bahodirni oldida Tokio Olimpiadasi turgan bo‘lsa, Fyurini 22 fevral kuni prinsipial raqibi bilan bo‘ladigan jang kutib turibdi.
Shunday bo‘lsada, yurtdoshimizdan Olimpiadadan keyin ushbu jangni tashkil qilish imkoniyati paydo bo‘lsa, birdaniga bunday tajribali, top bokschiga qarshi ringga ko‘tarilish siz uchun ijobiy holatmi yoki barchasiga bosqicha-bosqich erishish istagidamisiz, degan savol bilan murojaat qildik.
Jahon chempioni esa bunga quyidagi tarzda javob berdi.
- Avvalo, mening birinchi navbatdagi maqsadim Olimpiadada munosib ishtirok etish. Aslida, har doim bunday janglarga tayyorman. Agar, shunday imkoniyat Tokioda bo‘lib o‘tadigan to‘rt yillikning eng muhim musobaqasidan keyin ham yuzaga kelsa, albatta, bunga rozi bo‘laman. Shubhasiz, Fyuri juda kuchli bokschi, qolaversa, bunday raqiblar bilan doimo ham jang o‘tkazish imkoniyati yuzaga kelavermaydi... Lekin menda xech qanday qo‘rqish, xavsirash degan tuyg‘ular yo‘q. Lekin unga qadar yana professional boksda bir-ikki jang o‘tkazib olsam yanada yaxshi bo‘lardi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi