Qatarning “Al Sadd” klubi bosh murabbiyi Xavi sobiq jamoasi - “Barselona”ni boshqarishi mumkinligi haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.
“Barselona”ga murabbiylik qilish - bu mening orzuim, buni hech kimdan yashiradigan joyi yo‘q. Hamma bu haqda biladi. Men doim “Barselona”ni chin yurakdan qo‘llab-qo‘vvatlab kelganman. Ammo hozir bor e’tiborim “Al Sadd”ga qaratilgan. Erik Abidal (“Barselona” sport direktori) mening do‘stim. Men juda ko‘p marta u bilan uchrashganman. Ammo boshqa hech narsa demayman. “Barselona”ga, Valverdega, sevimli jamoamga hurmatim yuqori. Ayni paytda Qatarda ishlayapman va bor kuch va mahoratimni ushbu jamoaga bag‘ishlayapman. “Al Sadd”da mashg‘ulotlar o‘tkazayotganimdan xursandman”, deya futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Sport.es.
Ilgariroq “Barselona” Xaviga 2022 yilning 30 iyuniga qadar bo‘lgan muddatga shartnoma taklif etganligi haqida xabarlar chiqqan, 39 yoshli Xavi yaqin kunlarda Valverdening o‘rnini egallashi kutilayotgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi