Germaniyaning «Transfermartkt» portali Tailandda o‘tayotgan Osiyo chempionati (U-23) ishtirokchi jamoalarining o‘rtacha yoshi, narxi hamda umumiy transfer baholarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Osiyoning eng qimmatbaho olimpiya jamoalari reytingini Yaponiya boshqarmoqda. Kunchiqar mamlakat jamoasining umumiy transfer bahosi 16,3 million yevroni tashkil etgan. Bu har bir futbolchining o‘rtacha narxi 709 ming yevro demakdir.
Ikkinchi o‘rinni Janubiy Koreya olimpiyachilari band etishgan. Guruhdagi raqiblarimizning umumiy bahosi 11,45 million yevroni tashkil etadi. Har bir futbolchining o‘rtacha narxi esa 498 ming yevroga baholangan.
Osiyo chempionatining amaldagi g‘olibi sanalmish O‘zbekiston olimpiya jamoasi reytingning 3-o‘rinidan joy olgan. Drulovich shogirdlarining umumiy transfer bahosi 8,68 million yevroni tashkil etgan bo‘lsa, har bir futbolchining o‘rtacha narxi 377 ming yevroga baholangan. Hamyurtlarimizning o‘rtacha yoshi 21,9ni tashkil etgan.
Ma’lumot uchun, Osiyo chempionatining eng qimmatbaho futbolchilari ro‘yxatida o‘zbekistonlik futbolchi Aziz G‘aniyev 6-o‘rindan joy olgani haqida xabar bergandik.
Ushbu ro‘yxatning top-10ligidan shuningdek, Xitoy, Saudiya Arabistoni, Eron, Avstraliya, BAA, Tailand, Qatar olimpiya jamoalari ham joy olishgan. Bahrayn va Shimoliy Koreya olimpiyachilari esa eng arzon narxda baholanib, so‘nggi o‘rinlarni band etishdi.
Osiyo chempionati (U-23) ishtirokchi jamoalarining transfer baholari (Transfermarkt):
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi