23:50 / 13.01.2020
3 497

Dragan Cheran: «Xavi Jaloliddin Masharipovga qo‘ng‘iroq qilib, uni kutayotganligini aytdi»

Dragan Cheran: «Xavi Jaloliddin Masharipovga qo‘ng‘iroq qilib, uni kutayotganligini aytdi»
«Paxtakor» hujumchisi Dragan Cheran qishki ta’til vaqtida uyida bo‘lib, Serbiyaning «Mozzartsport» nashriga intervyu berdi. Suhbat davomida legioner futbolchi serbiyalik jurnalistga Jaloliddin Masharipovni maqtab, unga Xavi qo‘ng‘iroq qilganligini aytdi.

«Paxtakor»da Serbiya klublariga qarshi munosib o‘ynay oladigan o‘zbek futbolchilari ham bormi?» - deya berilgan savolga Cheran quyidagicha javob berdi:

- «Bor, bu Jaloliddin Masharipov. Ishonasizmi, u o‘tgan mavsumda barcha o‘yinlarda 37 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U kreativ futbolchi. Ikkala qanotda ham, hujum ortida ham bemalol o‘ynay oladi. Maydonda futboldan zavqlanib to‘p suradi. Jaloliddin to‘p bilan shunday harakat qiladiki, raqiblaridan masxaraboz yasashi mumkin. Yaqinda unga Xavi qo‘ng‘iroq qilib, «As-Sadd»da kutayotganligini aytdi» - deydi suhbat davomida Dragan Cheran.

Eslatib o‘tamiz, «Paxtakor»ning 26 yoshli yarimhimoyachisi Jaloliddin Masharipov 2019 yilgi mavsumda Superligada 25 o‘yinda 4 ta gol va 17 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dragan Cheran: «Xavi Jaloliddin Masharipovga qo‘ng‘iroq qilib, uni kutayotganligini aytdi»