MMAga asta-sekin qiziqishni boshlayotganlar orasida ushbu sport turinining nomini UFC deb o‘ylaydiganlar juda ko‘p. UFC bu promoushen. MMAda promoushenlar juda ko‘p. GFC, Bellator, XFN va yana ko‘plab bunday tashkilotlar mavjud. Biroq, UFC promousheni bilan eng yaxshi jangchilar hamkorlik qilishadi. Aralash jang san’atlari bilan shug‘ullanadigan sportchilarning har birini orzusi - bu UFC.
Ushbu promoushen bilan o‘zbekistonlik jangchilar hech qachon hamkorlik qilish baxtiga muyassar bo‘lishmagan edi. 2019 yilda ilk bor Mahmud Murodov UFC a’zosiga aylandi. Hatto, ikkita jang o‘tkazib, har ikkisida ham ajoyib g‘alabalarga erishishga ulgurdi.
UFCning -84 kg vazn toifasi reytingida top-15 talikka kiruvchi braziliyalik Antonio Karlos Junior hamyurtimizning UFCdagi uchinchi raqibi bo‘ladi. UFC Fight Night 170 musobaqasining markaziy jangida Elizeu Zaleski dos Santos (21-6) va Aleksey Kunchenko (20-1) qarama-qarshi keladi. 14 mart kuni bo‘lib o‘tadigan turnirdagi Murodovning raqibi Antonio Karlos Junior faoliyati davomida 10 ta g‘alabani qo‘lga kiritib, yana 4 ta jangda imkoniyatni boy bergan.
Endi esa kalendar hisobi bilan bizni kutib turgan eng qiziqarli turnir va janglarga to‘xtalib o‘tamiz.
Albatta, bu borada 18 yanvarga belgilangan Makgregor va "kovboy" o‘rtasidagi jang dunyo bo‘ylab millionlab muxlislarning katta qiziqishlariga sabab bo‘ladi. UFC 246 Las-Vegasning "T-Mobile" arenasida bo‘lib o‘tadi. Avvalroq, ushbu jangdan irlandiyalik jangchi 5 mln dollar, Serrone esa 2 mln dollar ishlab topishi kutilayotgani haqida xabar bergan edik. Yilning boshlanishidanoq, mana shunday shov-shuvli jangga guvoh bo‘lamiz. Zero, Makgregorni oktagonga qaytishini ko‘plab ishqibozlar uzoq kutishdi. Yana bir e’tiborli tomoni, ushbu kechaning markaziy jangidan tashqari, yana bir qator mashxurlar janglarini o‘tkazishadi.
Demak, UFC 246ning janglari ro‘yxatini e’tiboringizga havola etamiz:
Makgregor (21-4) - Serrone (36-13)
Entoni Pettis (22-9) - Karlos Diyego Ferreira (16-2)
Xolli Xolm (12-5) - Rakel Pennington (10-7)
Nasrat Xakparast (11-2) - Dryu Dober (21-10)
Grant Douson (12-2) - Ches Skelli (18-4)
Meysi Barber (8-0) - Roksann Modafferi (23-16)
Aleksey Oleynik (57-13, 1 ta durang) - Moris Grin (7-3)
Klaudiya Gadelya (17-4) - Aleksa Grasso (11-3)
Andre Fili (20-6) - Sodiq Yussuf (9-1)
Tim Elliot (16-9) - Asqar Asqarov (10-0, 1 ta durang)
Ode Osburn (5-2) - Brayan Kellexer (19-10)
Sabina Mazo (7-1) - Jey-Jey Oldrich (7-4)
Aleks Kamur (6-0) - Jastin Ledet (9-2)
Oradan 1 hafta o‘tib, ya’ni 25 yanvar kuni Bellator 238 turniri bo‘lib o‘tadi. Kaliforniyaning "Forum Arena"sida o‘tkaziladigan musobaqaning markaziy jangida kanadalik Juliya Badd va braziliyalik Kristin Justino qarama-qarshi keladi. Aftidan, oddiydek ko‘rinishi mumkin, ammo shoshilmang! Juliya Badd uzoq yillardan beri Bellator bilan hamkorlik qilib keladi. Ushbu promoushen ostida 7 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. Bungacha esa 6 ta g‘alabasi bor edi va yana 2 ta mag‘lubiyatni ham tan olishga majbur bo‘lgan. Mag‘lubiyatlarini esa eng mashxur ayol jangchilardan qabul qilib olgan.
Avvaliga, 2011 yilning 7 yanvar sanasida Amanda Nunesga, keyinchalik esa, 2011 yilning 18 noyabrida Ronda Rouziga imkoniyatni boy bergan. Bellatorda bir qator mashxur, yengilmas va kuchli ayol jangchilar ustidan g‘alaba qozongan. Kristin Justino esa ilk bor Bellator doirasida oktagonga chiqadi. Sababi, uni UFC bilan bitimi yakunlandi. MMAni muntazam kuzatib boruvchi muxlislar Justinoni yaxshi bilishlari kerak. Kanadalik faoliyati davomida 21 g‘alabaga erishgan tajribali jangchi hisoblanadi. 2005 yili ilk bor oktagonga ko‘tarilgan Justino mag‘lubiyatga uchragan va shundan so‘ng, ketma ket 20 ta g‘alabaga erishgan. 2018 yilning 29 dekabr kuni Amanda Nunesga ham yutqazib qo‘ygan. 2019 yilning yozida UFCdagi so‘nggi jangini o‘tkazib, g‘alaba bilan yakunlagan edi.
25 yanvar kuni Bellatordan tashqari, UFC Fight Night 166 turniri ham bo‘lib o‘tadi. Markaziy jangda, Kertis Bleyds (12-2) va Junior Dos Santos (21-6) o‘zaro kurashadi.
Ushbu turnirda oktagonga ko‘tariladigan barcha juftliklar ro‘yxati bilan tanishing:
Kertis Bleyds (12-2) - Junior Dos Santos (21-6)
Rafael Dos Anos (29-12) - Maykl Kesa (19-4)
Sara MakMenn (11-5) - Lina Lansberg (10-4)
Anjela Xill (10-7) - Xanna Sayfers (6-2)
Josh Emmet (15-2) - Arnold Allen (15-1)
Nik Lens (30-10, 2 ta durang) - Ned Narimani (12-3)
Jordan Espinosa (11-6) - Aleks Peres (22-5)
Brett Jons (14-2) - Toni Graveli (15-4)
Gerbert Berns (9-2) - Neyt Landver (13-2)
Montel Jekson (6-1) - Felipe Dias Kolares (7-1)
Jamaal Xill (1-0) - Darko Stosich (11-3)
Bivon Lyuis (6-2) - Alen Amedovski (8-2)
Justin Kish (6-2) - Lyusi Pudilova (8-5)
Botirali Mahkamov
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi