Foto: AFP/Getty Images
«Barselona» klubi 55 yoshli ispaniyalik mutaxassis Ernesto Valverde iste’foga chiqarilganligini e’lon qildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
«Klub Ernesto Valverdega jamoadagi faoliyati davomida ko‘rsatgan professionalligi, o‘z ishiga sidqidildan yondashgani uchun minnatdorchilik bildiradi. Murabbiyning faoliyatiga omad va zafarlar tilab qolamiz» - deyiladi rasmiy xabarda.
Valverde «Barselona»da 2017 yilda ish boshlagandi.Uning qo‘l ostida klub ikki marta Ispaniya chempioni, kubogi va Superkubogi sohibiga aylandi. Chempionlar ligasida esa kataloniyaliklar 1/4 va 1/2 finalgacha yetib borib, «Roma» (4:1, 0:3) va «Liverpul»ga mag‘lub bo‘lishdi.
«Barselona» Valverdening qo‘l ostida 163 o‘yindan 108tasida g‘alabaga erishib, 35ta durang, 20 marta mag‘lubiyatni tan oldi.
Iste’foga chiqarilgan Ernesto Valverde o‘rniga yangi bosh murabbiy sifatida 61 yoshli ispaniyalik mutaxassis Kike Seten e’lon qilindi.
Kike Seten
Yangi murabbiy bilan shartnoma 2022 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan. Tanishtiruv marosimi bugun, 14 yanvar kuni o‘tkaziladi.
Setenning so‘nggi ish joyi «Betis» klubi bo‘lgandi. Kike ushbu klub bilan 2017/2018 yilgi mavsumda La Ligada 6-o‘rinni egallagan, 2018/2019 yilgi mavsumda esa Ispaniya kubogi yarim finaligacha yetib kelgandi. Ispan murabbiyi «Rasing», «Poli Exido», Ekvatorial Gvineya, «Logrones», «Lugo» va «Las-Palmas» singari jamoalarda ham faoliyat olib borgan.
Ma’lumot uchun, «Barselona» Ispaniya Superkubogi doirasida «Atletiko»ga mag‘lub bo‘lgach, klub jamoa sobiq futbolchisi Xavi bilan ham muzokara olib bordi, ammo Qatarda faoliyat olib borayotgan Xavi taklifni rad etdi.
Klub direktorlar kengashi dushanba kuni yig‘ilish o‘tkazgach, Kike Setenning nomzodi ma’qullangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi