Yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko‘rayotgan AGMK jamoasi navbatdagi transferni rasmiylashtirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, endilikda olmaliqliklar O‘tgan mavsumning ikkinchi qismida Superligaga kelgan va ma’lum vaqt "Qizilqum"da o‘ynagan Mate Vatsadze yangi mavsum uchun AGMK bilan shartnoma imzoladi.
Ma’lumot o‘rnida: Mate Vatsadze o‘z vaqtida Gruziya terma jamoasi to‘p tepgan, Yevropa ligasi musobaqasida o‘zini ko‘rsatgan va nufuzli Yevropa chempionlar ligasida o‘ynagan hujumchi hisoblanadi. Mate Yevropa ligasida jami 16 o‘yinda ishtirok etgan va 8 ta golga mualliflik qilgan.
Hujumchi Gruziya terma jamoasi safida JCH-2014 hamda Yevro-2016 saralash bosqichi o‘yinlari hamda qator o‘rtoqlik bahslarida ishtirok etgan. Mate terma jamoa safida jami 16 o‘yin o‘tkazgan va raqiblar darvozasini 4 marotaba aniq nishonga olgan.
Mate futbolchilik faoliyatini Gruziyaning mashhur "Dinamo" Tbilisi jamoasida boshlagan va mazkur klub safida 108 o‘yin o‘tkazgan va 48 ta gol urgan.
Shuningdek, Mate futbolchilik faoliyati davomida Daniya chempionatida 7 mavsum o‘tkazgan. Daniyaning nomdor "Orxus" klubida 2012-2016 yillar mobaynida o‘ynagan bo‘lsa, keyinchalik "Viborg" hamda "Silkeborg" jamoalari sharafini himoya qilgan.
Mate Vatsadze futbolchilik faoliyatida jami 328 uchrashuv o‘tkazgan va 117 ta gol muallifiga aylangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi