Tailandda o‘tayotgan futbol bo‘yicha U-23 Osiyo chempionatida guruh bosqich uchrashuvlari yakunlanib, chorak finalga yo‘l olgan barcha jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi. Xabaringiz bor, kecha Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O‘zbekiston OTJ «S» guruhida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qilgan edi.
Reglamentga ko‘ra vakillarimiz «D» guruhi g‘olibi yarim final yo‘llanmasi uchun kurash olib borishi belgilangan. Biroz avval yakunlangan 3-tur uchrashuvlaridan so‘ng BAA jamoasi kvartet peshqadamligini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa yigitlarimiz 19 yanvar kuni chorak final bahsida BAA jamoasiga qarshi Bangkokda bahs olib boradigan bo‘ldi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:15 da start oladi.
Chorak finalning barcha juftliklari:
1. Avstraliya – Suriya
2. Janubiy Koreya – Iordaniya
3. Saudiya Arabistoni – Tailand
4. BAA – O‘zbekiston
Eslatib o‘tamiz, Olimpiya terma jamoamiz chorak finaldan muvaffaqiyatli o‘ta olsa, final yo‘llanmasi uchun Saudiya Arabistoni va Tailand jamoalari o‘rtasidagi bahs g‘olibiga qarshi kurash olib boradi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi