
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola o‘tgan hafta dam olish kunida tungi klubda tashrif buyurishganliklari haqidagi xabarlarga izoh berdi.
Xabarlarga ko‘ra, “Aston Villa”ga (6:1) qarshi bahsdan keyin futbolchilar Italiyadan tashrif buyurgan 20 nafar modellar ishtirokida o‘ziga xos bazm uyushtirishgan.
-“Aston Villa”ga qarshi bahsdan keyin futbolchilarning bu kabi bazmlar uyushtirishiga ruxsat berganmidiz? Ushbu xabar matbuot sahifalariga chiqib ketganidan afsusdamisiz?
- Men bu haqda xabardor edim. Vaqti bo‘lganda ular birga tushlik qilishadi. Ba’zida klub xodimlari bilan birga vaqtlarini o‘tkazishadi. Har qanday holatdayam ular bu kabi tadbirlarni muntazam o‘tkazib turishadi. Birgalikda bu kabi bazmlar uyushtirishni futbochlilar yoqtirishadi. Ba’zida uyda, ba’zida restoranda yig‘ilishadi. Buning yomon tomoni yo‘q”, deydi Gvardiola. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar