Foto: Dzyudo federatsiyasi
Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) prezidenti Marius Vizer rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga bo‘ldi, deb xabar bermoqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati.
Tashrif davomida Vizer Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev va boshqa mutasaddilari bilan uchrashgan. Vizerning O‘zbekistonga tashrifidan asosiy maqsad – O‘zbekiston va Xalqaro dzyudo federatsiyasi o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish, «Dzyudo maktablarda» dasturi doirasida ikki tomonlama Memorandum imzolash va 2021 yili kattalar o‘rtasida o‘tkaziladigan Jahon chempionati mezbonligini Toshkent shahriga topshirishdan iborat bo‘lgan.
Xalqaro dzyudo federatsiyasining «Dzyudo – maktablarda» dasturi yuzasidan to‘rt tomonlama Memorandum imzolanib, dastur doirasida IJF tomonidan har bir maktabga bir dona tatami va bolalar uchun 50 ta kimono taqdim etilishi qayd etilgan.
O‘zbekistonda hozirgacha 20 ta maktabda dzyudo to‘garaklari faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, Memorandumga ko‘ra ular soni 40 taga yetkazilishi ko‘zda tutilgan. IJF 40 ta maktabga tatami va kimono taqdim etish bilan birga murabbiylarga maosh to‘laydi.
Foto: Dzyudo federatsiyasi
Vazir Dilmurod Nabiyev Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidentini «Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirladi. So‘ngra Marius Vizer Toshkent shahrini 2021 yilgi kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati mezboni sifatida e’lon qildi.
Foto: Dzyudo federatsiyasi
- Aslida 2021 yilgi Jahon chempionati Avstriya poytaxti Vena shahrida o‘tkazilishi kerak edi. Lekin u yerdagi siyosiy vaziyat, aniqrog‘i siyosatning sportdan xoli emasligi yakunda o‘z qarorimizni o‘zgartirishga sabab bo‘ldi. Biz boshqa sport federatsiyalari qatori siyosatning sportga aralashuviga qarshimiz. Bu orada birinchilardan bo‘lib O‘zbekiston tomoni jahon chempionati mezbonligi uchun o‘z nomzodini ilgari surdi. Biz federatsiya rahbari Azizjon Kamilov bilan Budapeshtda uchrashib, bu borada gaplashib olgandik.
Mamnuniyat bilan 2021 yilgi Jahon chempionati Toshkentda o‘tkazilishini e’lon qilamiz. 2022 yilgi Jahon chempionati Vengriyaning Budapesht, 2023 yilgi chempionat esa Qatar poytaxti Doha shahrida tashkil etiladi. 2025 yilgi musobaqa mezbonligiga esa hozirda 5-6 ta davlat da’vogarlik qilmoqda, - deydi Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti Marius Vizer.
Ma’lumot uchun, Toshkent ilk bora dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati musobaqasini qabul qiladi. Kelasi yilning sentabr oyida ko‘p tarmoqli «Humo Arena» majumasida Jahon chempionati hamda shu bilan birga IJF’ning yillik Kongressi ham o‘tkaziladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi