06:56 / 19.01.2020
2 184

Bahodir Jalolov va Xurshidbek Normatovning promouteri qanday kuchga ega yoxud u chempionlik janglari tashkil qilishga qodirmi?

Bahodir Jalolov va Xurshidbek Normatovning promouteri qanday kuchga ega yoxud u chempionlik janglari tashkil qilishga qodirmi?
O‘zbek professional bokschilari jahon ringlarini asta-sekin zabt etishmoqda. Bunga yurtdoshlarimizning o‘z vazn toifasi reytingidagi o‘rinlari va qo‘lga kiritayotgan chempionlik kamarlari ham bunga misol bo‘la oladi. Albatta, bunday muvaffaqiyatlar butunjahon boks olamidagi promouterlar, menejerlarning ham e’tiborini tortmoqda.

Ba’zida muxlislarning o‘zaro bu bokschimizning promouterlari yaxshi emas, boshqa yaxshiroq menejerlar bilan ishlashi kerak degan gap-so‘zlari quloqqa chalinib qoladi. To‘g‘ri, ularning fikrlarida ham asos yetarlicha. Bunga amalda ham guvoh bo‘lmoqdamiz.

Bugungi mavzuimiz ham o‘zbek bokschilarining qaysi promouterlik kompaniyalari bilan ishlayotganligi haqida bo‘ladi.

Dastlab, ayni kunda katta shov-shuvga sabab bo‘layotgan og‘ir vaznli bokschimiz Bahodir Jalolov hamda professional ringda 9 ta g‘alabani qo‘lga kiritib, mag‘lubiyatsiz odimlayotgan Xurshidbek Normatovlarning qaysi promouterlik kompaniyasi mijozi ekanligi haqida to‘xtalmoqchimiz. Anglab ulgurgan bo‘lsangiz, har ikki yurtdoshimiz bitta promouter bilan hamkorlik qilishadi.

Demak, tanishing:
“DiBella Entertainment” promouterlik kompaniyasi... Uning ayni kundagi direktori AQSHlik Lu Dibella bo‘lib, u 1960 yil 17 mayda Bruklinda tavallud topgan. U nafaqat promouter, balki kino olamida ham taniqli shaxs hisoblanadi. U bu borada ko‘zga ko‘ringan prodyusser sanaladi.

Lu Dibellani o‘z ishini ustasi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki, u hozirda ajoyib chempionlar bilan birga ishlaydi. Ularga o‘ziga xos janglar tashkil qilib bermoqda. Bir so‘z bilan aytganda ushbu inson bilan ishlayotganliklari yurtdoshlarimiz uchun ijobiy holat deb bemalol ayta olamiz.

Keling endi Luning mijozlari qaysi charmqo‘lqop ustalari ekanligiga e’tibor qaratamiz...

Shubhasiz, eng nomdor va ayni kundagi top bokschilar orasida ham yetakchilardan biri sifatida e’tirof etiladigan super og‘ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Deontey Uaylder, qolaversa, bir qator chempionlar va sobiq chempionlar Regis Prograis, Sergey Derevyanchenko, Richard Kommi, Ivan Baranchik, Jorj Kambosos, Aleksandr Teslenko, Charlz Konvell, Serxio Gabriel Martines, Jermeyn Teylor, Pol Malinyaji, Bernard Xopkins, Andre Berto kabi yulduzlar bilan ishlagan va hamkorlik qilib kelmoqda.

Albatta, bunday bokschilarning mashhurlikka erishishiga va chempionlik sari yetaklab borayotganligi mazkur kompaniya va Luning aql bilan ish yuritayotganligidan dalolat. Har holda u mijozlari uchun nimadir qila oladi. Bunga yuqorida sanab o‘tgan charmqo‘lqop ustalarining erishgan va erishayotgan natijalari ham aytib turibdi.

Quvonarlisi, Xurshidbek Normatov va Bahodir Jalolovdan Luning umidlari katta. Shunday ekan albatta ularni jiddiy, chempionlik janglarida ko‘rishimiz mumkin. Buning uchun, har ikki bokschimizda imkoniyat yetarli, qolaversa ularning Lu Dibelladek promouteri bor!


Ahmadbek Eshmatov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bahodir Jalolov va Xurshidbek Normatovning promouteri qanday kuchga ega yoxud u chempionlik janglari tashkil qilishga qodirmi?