21:07 / 19.01.2020
3 255

BAA U-23 bosh murabbiyi: "Bitta xatodan keyin o‘yinimiz sochilib ketdi"

BAA U-23 bosh murabbiyi: "Bitta xatodan keyin o‘yinimiz sochilib ketdi"
Osiyo chempionati chorak finalidan o‘rin olgan BAA - O‘zbekiston uchrashuvi yakunlandi. Unda terma jamoamiz 5:1 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi.
Bellashuvdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida BAA terma jamoasi ustozi Skorza quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

- O‘yinni yaxshi boshlagandik. Hujumlar tashkil etdik. Ammo ulardan foydalana olmadik. So‘ng xatolarimiz qimmatga tushdi. Boz ustiga penalti o‘yinni o‘zgartirib yubordi. Bu O‘zbekistonga qo‘l keldi. O‘sha vaziyatda hakam penalti bermasa ham bo‘lardi. Bu vaziyat meni nazarimda shunday. Qolaversa, bir kun kam dam olganimiz ta’sir qildi. O‘zbekiston o‘yin tashkil qilish bo‘yicha ustunlikka erishdi. Ular bugun haqli ravishda zafar quchishdi.

Balki zahiradan yangi kuchlarni maydonga tushirganimda bunday hisob bo‘lmasmidi. Bu futbol. Shuningdek, markazni boy berdik. O‘zbekistonliklar esa shu joyda ustunlik qilishdi. Ularni haqli g‘alaba bilan tabriklayman
, - dedi Skorza.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » BAA U-23 bosh murabbiyi: "Bitta xatodan keyin o‘yinimiz sochilib ketdi"