Osiyo chempionati-U23 yarimfinalidan o‘rin olgan O‘zbekiston hamda Saudiya Arabistoni jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan avval har ikki jamoaning bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Uning birinchi qismida qatnashgan Saudiya ustozi Saad al Shehri o‘yin haqida savollarga javob berdi.
«Bizning maqsadimiz olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma olish, shu bois bu bahsga tayyormiz. Bizni O‘zbekistonga qarshi juda qiyin o‘yin kutib turibdi. Raqib kuchli jamoa, kuchli futbolchilar bor. Ammo bizda ham kuchli futbolchilar yig‘ilgan.
Biz Tailandni qiyinchilik bilan yengdik, ammo o‘sha bahsda o‘z xarakterimizni ko‘rsata oldik. O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan bizda dam olish uchun bir kun ko‘proq vaqt bo‘ldi va umid qilaman bu foydamizga ishlaydi.
Bizning bu avloddagi futbolchilar bilan rejalarimiz ko‘p, jamoada yaxshi yigitlar yig‘ilgan. Ularning olimpiadaga chiqishi va katta sovrinni qo‘lga kiritishi kelajak uchun muhim. Bu sovrin aynan hozirgi Osiyo chempionati kubogi bo‘lishini xohlayman.
O‘zbekistonga qarshi o‘yinlarda xato qilsang, bu senda muammolar tug‘diradi. Raqib safidagi futbolchilarning kuchliligini yana bir bor takrorlamoqchiman. Ammo bizning raqibdan kuchliroq jihatlarimiz bor va ulardan foydalanishga harakat qilamiz»,— deydi murabbiy. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi