Bugun Tailanddagi U-23 Osiyo chempionatida yarim final bahslari bo‘lib o‘tadi.
Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi finalga chiqish va Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun Saudiya Arabistoni bilan to‘qnash kelishadi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan soat 15:15da boshlanadi. Uchrashuv Bangkok shahridagi "Rajamangala" stadionida bo‘lib o‘tadi.
SAUDIYA ARABISTONI BOSIB O‘TGAN YO‘L
Saudiya Arabistoni musobaqani Yaponiyaga qarshi o‘yinda 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan boshladi. So‘ngra Qatar bilan 0:0 hisobida durang qayd etildi. Guruhdagi so‘nggi uchrashuvda Suriya 1:0 hisobida taslim qilindi. Chorak finalda Saudiya Arabistoni mezbon Tailandni 1:0 hisobida mag‘lub etib yarim finalga chiqdi.
O‘YINOLDI MATBUOT ANJUMANI
“Bu har ikki jamoa uchun ham muhim o‘yin. Yarim finalga eng kuchli jamoalar yetib kelishgan. Biz Saudiya Arabistoni jamoasi bilan to‘qnash kelamiz. Bu jamoada jismoniy va texnik jihatdan kuchli o‘yinchilar bor. Biz ularni yaxshi bilamiz. Nasib qilsa, bor e’tiborimizni mazkur o‘yinga qaratamiz.
Oldindagi o‘yinlar biz uchun qiyin va mas’uliyatli. Qo‘l ostimdagi yigitlar bilan finalga chiqishimizga ishonaman. Biz bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Hozirda O‘zbekiston uchun yangi tarix yaratishga yaqin turibmiz. Mazkur o‘yinda g‘alaba qozonib, Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olishni maqsad qilganmiz", - dedi Drulovich.
HAKAMLAR
Unga ko‘ra Saudiya Arabistoni va O‘zbekiston o‘rtasidagi uchrashuvni yaponiyalik Ryuji Sato boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib borishadi. Ma’lumot uchun, Sato 1977 yilda tug‘ilgan va 2009 yildan buyon FIFA hakami sifatida ishlab kelmoqda.
Ryuji Sato ushbu musobaqada Tailand - Bahrayn (5:0), Iordaniya - Vetnam (0:0) va Avstraliya - Suriya (1:0) o‘yinlarida bosh hakam bo‘lib ishladi.
U-23 Osiyo chempionati
Yarim final
Saudiya Arabistoni - O‘zbekiston
22 yanvar 2020 yil. Bangkok. "Rajamangala" stadioni. 15:15 (Toshkenti vaqti)
Bosh hakam: Ryuji Sato (Yaponiya)
Qanot hakamlari: Jun Mixara va Xiroshi Yamauchi (ikkisi Yaponiya)
To‘rtinchi hakam: Tojo Minoru (Yaponiya)
VAR hakami: Xiroyuki Kimura (Yaponiya)
VAR yordamchi hakamlari: Iida Jumpey (Yaponiya) va Ma Ning (Xitoy)
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi