23:04 / 25.01.2020
2 573

"Barselona" Seten boshqaruvidagi ilk mag‘lubiyatni qabul qildi (video)

"Barselona" Seten boshqaruvidagi ilk mag‘lubiyatni qabul qildi (video)
Ispaniya La Ligasi 21-turidan o‘rin olgan "Valensiya" hamda "Barselona" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi.
"Mestalya" stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi. 48-daqiqada Xordi Albaga tegib to‘p ter Shtegen darvozasidan o‘rin oldi va shu tariqa hisob ochildi.

77-daqiqada esa Maksi Gomes germaniyalik kiper bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib, hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi. Shu tariqa, kataloniyaliklar Kike Seten qo‘l ostidagi ilk mag‘lubiyatni qabul qilib olishdi.

Valensiya – Barselona 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar:
1:0 – 48, avtogol Alba, 2:0 – 77 Maksi Gomes.

Valensiya – Domenek, Gayya, Garay, Gabriel Paulista, Vass, Soler (Sobrino, 90), Ferran Torres, Kondogbia, Koklen, Gameyro (Rodrigo, 59), Maksi Gomes (Kosta, 80).
Barselona – ter Shtegen, Umtiti, Pike, Serdji Roberto, Alba, de Yong (Rakitich, 85), Buskets, Artur (Vidal, 56), Fati (Kolyado, 85), Messi, Grizmann.
Ogohlantirishlar: Pike (10), Umtiti (43), Buskets (52), Koklen (54).

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Barselona" Seten boshqaruvidagi ilk mag‘lubiyatni qabul qildi (video)