
«Milan» klubi bosh murabbiyi Stefano Pioli hujumchi Zlatan Ibragimovich haqida gapirib o‘tdi.
«U jamoaga qo‘shimcha kuch beryapti, uning ta’siri, tarkibda bo‘lishi va munosabatlari yaxshigina ustunlikni keltirib chiqarmoqda. Zlatan klubni o‘stirmoqda, jamoadoshlari u bilan darhol til topa olishdi.
Axir u so‘nggi 10 yillikning eng kuchli futbolchilaridan biridir. Men undan ko‘p narsa kutgandim — darhaqiqat kerakli va aqlli insonga yo‘liqdim», — deb aytib o‘tgan Pioli.
Eslatib o‘tamiz, Zlatan Ibragimovich milanliklar safiga qo‘shilganlan buyon 4 o‘yinda maydonga tushib, bitta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Manba: uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar