
Xabaringiz bor, 30 yanvar kuni hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyev yarimengil vazn toifasida WBA va IBF yo‘nalishlari chempioni Daniyel Romanga qarshi jang qiladi. 29 yoshli amerikalik chempion mazkur jang haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Murodjon Ahmadaliyev jamoadoshim Ayzek Zarateni mag‘lub etgan, shu sababli uni yaxshi bilaman. Bilaman, u kuchli yigit, agressiv jangchi, yuqoriga intilmoqda va o‘ziga taqdim etilgan imkoniyatdan foydalangan holda meni mag‘lub etmoqchi.
Unda kamchiliklar ham bor, u qo‘lini tushirib olib jang qilishni yaxshi ko‘radi. Balki bu uning uslubidir, ammo shunga o‘xshash kamchiliklarni unda ko‘ryapman. Balki unda professional boksdagi tajriba kamdir, ammo u Olimpiadada qatnashib, bronza medalini qo‘lga kiritgan. Bunday darajada oson janglar bo‘lmaydi. Bizning uslublarimiz ajoyib jangni kafolatlaydi", - dedi Roman. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar