Bilasiz, yanvar oyida Tailand yashil maydonlarida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.
Unda Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ishtirok etdi va yakunda 4-o‘rinni egalladi.
Qit’a chempionati yakunlariga bag‘ishlab bugun O‘FA anjumanlar zalida Lyubinko Drulovich ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.
- Chempionatning hal qiluvchi qismiga tayyorgarlikni Toshkenda boshladik. Keyin Dubayda shug‘ullandik. Musobaqaga yaxshi tayyorlangan edik. Biz musobaqaga tayyor edik.
Chempionatni ham yomon o‘tkazmadik. Eron, Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi yomon harakat qilmadik. Biz guruhda faqat Janubiy Koreyaga yutqazdik. Bu jamoa eng kuchli ekanligini isbotladi. Ularga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazganimizdayoq bilgandim, kuchli ekanligini.
Chorak finalda yirik g‘alabaga erishdik. Saudiyaga qarshi bahsda omadimiz kelmadi. Avstraliya bilan o‘yinni yomon o‘tkazmadik. Lekin bitta kam bo‘lib qolganimiz baribir ta’sir qildi. Terma jamoadagi barcha Olimpiadaga chiqishni istagandi. Biroq vazifani uddalay olmadik.
Musobaqada faqatgina Koreya tarkibda katta o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Qolganlar asosiy tarkibni aniqlab olib maydonga tushirdi. Men o‘zim uchun asosiy tarkibni tanlab oldim va ularga ishonch bildirdim.
Jamoadagi barcha futbolchilar professional. Kimga qachon ishonch bildirsam, o‘sha paytda maydonga tushib, bor kuchi bilan harakat qildi.
Biz eng yaxshi deb bilgan 23 futbolchini chempionatga olib ketdik. Superliga klublarida yaxshi futbolchilar ko‘p. Ammo biz o‘zimizga ma’qul kelganlarni terma jamoaga jalb etdik.
Men olimpiya terma jamoasiga avvallari chaqirilmagan futbolchilarni jalb qilib, qaysidir ma’noda o‘zim uchun kashf etdim. Misol uchun Oybek Bozorov. Bozorov kashfiyotga ham aylandi va chempionatning eng yaxshilaridan biri bo‘ldi. Qolaversa, tarkibimizda kelajakda milliy terma jamoaga foydasi tegadigan futbolchilar bor. Ular o‘sishdan to‘xtab qolishmasa bo‘lgani.
O‘FA bilan tuzgan shartnomam yakunlandi. Biz shartnomani uzaytirmaydigan bo‘ldik.
Olimpiya termasida katta salohiyatga ega futbolchilar juda ko‘p. Asosiysi ular to‘xtab qolmasligi kerak. Shunda ular katta natijaga erishishadi.
Birinchi navbatda O‘zbekiston xalqiga rahmat aytmoqchiman. Bizni doim qo‘llab turishdi. Afsuski, har qancha harakat qilmaylik olimpiadaga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmadik. Bu jamoa kelajakda katta natijalarga erishadi. Biz chempionatda 4-o‘rinni qo‘lga kiritdik. Olimpiadaga esa 3 ta jamoa yo‘l oladi, - dedi Drulovich. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin