O‘tgan yil bo‘lib o‘tgan Ko‘rfaz Kubogidan so‘ng Ummon termasi bosh murabbiyi ishdan bo‘shatilgandi.
O‘shanda jamoani niderlandiyalik Ervin Kuman boshqarardi. Yaqinda Ummon terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Ummonliklarni JCH-2022 saralash bosqichining keyingi uchrashuvlarida Branko Ivankovich boshqaradi.
Ma’lumki, Ivankovich "Persepolis" klubi bilan erishgan muvaffaqiyatlari orqali nom qozongan. Xorvatiyalik murabbiy dastlabki matbuot anjumanida quyidagi fikrlarni bildirdi:
- "Bizda niyatlar ko‘p, lekin eng asosiysi jahon chempionatiga chiqish. Shuningdek, 2023 yilgi Osiyo Kubogiga ham borishni maqsad qilganmiz. Biz qisqa va uzoq muddatli rejalar tuzamiz. O‘ylaymanki, tez orada Ummon Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biriga aylanadi".
Ayni paytda Ummon terma jamoasmi JCH-2022 saralashining "E" guruhida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Bu jamoa yangi murabbiy qo‘l ostida ilk rasmiy o‘yinini 31 mart kuni Afg‘onistonga qarshi o‘tkazadi. Ungacha esa 14 fevralda ummonliklar Myanma bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin