19:35 / 02.02.2020
3 140

Nurmagomedovga Meyvezer bilan jang uchun 100 million dollar berishmoqchi

Nurmagomedovga Meyvezer bilan jang uchun 100 million dollar berishmoqchi
UFC jangchisi Habib Nurmagomedovning menejeri Ali Abdulazizning ma’lum qilishicha, saudiyaliklar Habibning amerikachilik bokschi Floyd Meyvezer bilan jang o‘tkazishiga katta qiziqish bildirishmoqda.

Abdulazizning aytishicha, agarda dog‘istonlik 31 yoshli sportchi Ar-Riyod (Saudiya Arabistoni poytaxti)da Meyvezer bilan jang o‘tkazishga ko‘nsa, gonorari miqdori 100 mln. dollar bo‘ladi.

Menejerning qo‘shimcha qilishicha, saudiyaliklar Nurmagomedovning Makgregorga qarshi jangi ham Ar-Riyodda o‘tkazilishidan umidvor, buning uchun ham 100 mln. dollar taklif etishyapti.

Habib Nurmagomedov 19 aprel kuni amerikalik Toni Fergyusonga qarshi UFC mutlaq chempionligi uchun oktagonga ko‘tariladi. Shu tashkilot rahbari Dana Uayt rossiyalik sportchi g‘alaba qozongan taqdirda irlandiyalik Konor Makgregor bilan revansh jangi o‘tkazilishidan umidvor.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nurmagomedovga Meyvezer bilan jang uchun 100 million dollar berishmoqchi