18:45 / 02.02.2020
2 469

A Seriya. "Yuventus" yirik hisobda g‘alabaga erishdi, Ronaldudan dubl

A Seriya. "Yuventus" yirik hisobda g‘alabaga erishdi, Ronaldudan dubl
Italiya A Seriyasi 22-turidan o‘rin olgan "Yuventus" hamda "Fiorentina" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi.
"Alyans Stedium"da kechgan uchrashuvda mezbonlar 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Gollarga Krishtianu Ronaldu va Mattey de Ligtlar mualliflik qildi.

Shu tariqa, turinliklar hisobidagi ochkolar soni 54 taga yetdi va jamoa turnir jadvalida eng yaqin ta’qibchi - "Inter"dan 6 ochko o‘zib ketgan holda peshqadam bo‘lib turibdi. 25 ochkosi bor florensiyaliklar esa 14-pog‘onadan joy olishgan.

Yuventus – Fiorentina 3:0
Gollar:
1:0 – 40, penalti Ronaldu, 2:0 – 80, penalti Ronaldu, 3:0 – 90 de Ligt.
Yuventus – Shchensni, Aleks Sandro, de Ligt, Bonuchchi, Bentankur, Kuadrado, Duglas Kosta (Bernardeski, 83), Rabo (Matyuidi, 88), Pyanich, Iguain (Dibala, 67), Ronaldu.
Fiorentina – Drongovski, Dalbert, Petsselya, Igor Julio, Lirola (Agudelo, 89), Gezzal (Vlaxovich, 60), Pulgar, Keza, Benassi, Chekkerini, Kutrone (Sottil, 73).
Ogohlantirish: Keza (33), Bonuchchi (35), Petsselya (39), Gezzal (50), Chekkerini (80).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » A Seriya. "Yuventus" yirik hisobda g‘alabaga erishdi, Ronaldudan dubl