Eron klublari mamlakatdagi siyosiy vaziyat tufayli OCHLdagi o‘yinlarini boshqa davlatda o‘tkazishi mumkin. Ayni paytda eronliklarning o‘yinlarini ko‘chirish borasida tortishuvlar davom etmoqda. Eron klublariga guruh bosqichidagi dastlabki 3 ta uchrashuvni safarda o‘tkazishga ruxsat berilgan. Ammo bu barcha klublarga ham tegishli emas.
"Persepolis" va "Sepaxon" guruh bosqichidagi 3-turni o‘tkazish uchun neytral maydon qidirmoqda. Bu borada "Sepaxon" xalqaro talablarga javob beradigan Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida o‘yin o‘tkazishni xohlamoqda. Bu haqda Alisher Nikimbayev telegramdagi o‘zining sahifasida ma’lum qildi.
Biroq "Sepaxon" klubi vakillarining aytishicha, "Bunyodkor" maydoni 3 martgacha tayyor bo‘lmaydi. Shu bois jamoa boshqa stadion qidirishiga to‘g‘ri keladi. Qarshidagi "Markaziy" stadion Eron klublarining OCHLdagi o‘yinlarini qabul qilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»