O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Qishki sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
O‘zbekistonda qishki sport turlarini 2020–2023 yillarda rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
Quyidagilar Dasturni moliyalashtirish manbalari etib belgilandi:
- Investitsiya dasturi doirasida nazarda tutiladigan mablag‘lar;
- sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutiladigan Davlat budjeti mablag‘lari;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar, Toshkent shahar mahalliy budjetlari, jamg‘armalar, sport federatsiyalari (uyushmalari), klublari, xorijiy investorlar, jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari mablag‘lari;
- yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
- qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
2023 yil 1 yanvarga qadar Qishki sport turlari assotsiatsiyasi, Xokkey federatsiyasi, ularning hududiy bo‘linmalari, qishki sport turlari bo‘yicha professional klublari va nodavlat bolalar sport maktablari:
- mol-mulk solig‘i hamda jalb qilingan xorijiy sportchilar va mutaxassislarning daromadlariga ijtimoiy soliq stavkalarini 50 foizga kamaytirilgan holda to‘laydi;
- qishki sport turlari bo‘yicha sport ob’ektlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun zarur bo‘lgan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kelinadigan O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan sport asbob-uskunalari, inventarlari va maxsus professional sport kiyimlari, transport vositalari, shu jumladan, maxsus transport vositalarini olib kirganlik uchun bojxona boji to‘lashdan ozod qilinadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligining:
- 2020 – 2023 yillarda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida hududlarda xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy sport asbob-uskunalari bilan jihozlangan yengil konstruksiyali yopiq muz qoplamali maydonlarni qurish;
- qishki sport turlari bo‘yicha xorijiy mutaxassis va trenerlarni ishga jalb qilish hamda ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida belgilangan tartibda xizmat uylari sifatida uy-joy ajratish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi.
Belgilab qo‘yilishicha, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida barpo etiladigan yopiq muz qoplamali maydonlarning loyiha-smeta hujjatlari majburiy tartibda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan kelishiladi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi:
- Davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga 2020/2021 o‘quv yili uchun ajratilgan qabul parametrlarini yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlashda qishki sport turlari uchun o‘rin ajratilishini ta’minlaydi;
- 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida qishki sport turlari kafedrasini tashkil qiladi;
- Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda 2020 yilning yakuniga qadar Jismoniy tarbiya va sport vazirligi “Sertifikatlashtirish va kompyuterlashtirish markazi” davlat korxonasining Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Beldirsoy” sport bazasida xalqaro va respublika darajasidagi musobaqalarni o‘tkazish uchun yengil konstruksiyali bino va inshootlar barpo etish, yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash, dor yo‘lini zamonaviy anjom, asbob-uskunalar va jihozlar bilan ta’minlash ishlarini amalga oshiradi;
- Qishki sport turlari assotsiatsiyasi va Xokkey federatsiyasi bilan birgalikda prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi qoshidagi mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasining xorijda ta’lim olish, stajirovkadan o‘tish va malaka oshirish dasturlari bo‘yicha ochiq stipendiya tanlovlarida qishki sport turlari bo‘yicha professor-o‘qituvchilar tarkibi va trenerlarning faol ishtirokini ta’minlaydi.
Qishki sport turlari assotsiatsiyasi, Xokkey federatsiyasi, ularning hududiy bo‘linmalari, qishki sport turlari bo‘yicha professional klublar va nodavlat bolalar sport maktablariga olti oydan ko‘p bo‘lgan muddatga tuzilgan shartnomalar asosida jalb qilingan xorijiy sportchilar va mutaxassislar O‘zbekiston soliq rezidenti deb hisoblanadi.
Toshkent shahar hokimligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Toshkent shahar hokimligi tizimidagi “Oromgoh” davlat unitar korxonasining Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Chimyon qishlog‘ida joylashgan ikkita dor yo‘li hamda chang‘ida uchish trassasini tegishli hududi bilan birgalikda Sportning qishki va murakkab texnik turlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabiga operativ boshqaruv huquqi asosida tekin berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...