Olim Shokirov futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi, deya ma’lum qilmoqda O‘FA matbuot xizmati.
Avvalroq ushbu lavozimda ishlab kelgan Azamat Abduraimov o‘z arizasiga binoan iste’foga chiqqandi.
7 fevral kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida yig‘ilish bo‘lib o‘tgan va unda O‘zbekiston U-16 terma jamoasi bosh murabbiyligiga bir qator nomzodlar ko‘rib chiqilgan. Yakunda ushbu yosh toifasidagi futbolchilar bilan ishlashda katta tajribaga ega bo‘lgan Olim Shokirov nomzodi ma’qullangan.
Unga murabbiylar shtabida shu vaqtga qadar ishlab kelgan Sergey Arslonov (katta murabbiy), Timur G‘aniyev (darvozabonlar murabbiyi) va Jamshid Umarov (jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy) yordam beradi.
Shuningdek, terma jamoa murabbiylar shtabida Islom Ahmedov va Dilshod Nuraliyev maslahatchi murabbiy sifatida faoliyat yuritadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat"
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi