OCHL-2020 guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” – “Shabab Al Ahli” (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Rodolfo Arruabarrena ishtirok etdi.
“Bugun biz kutgandan farqli o‘yin bo‘ldi. Bunga ob-havo va maydon sabab bo‘ldi. Mezbon jamoa biroz tezroq o‘ynadi. Ikkinchi taymda yaxshiroq o‘ynay boshladik va gol urdik. Afsuski, tezda yana gol o‘tkazdik. Imkoniyatlardan foydala olmadik. Maydon holati tufayli ikkala jamoa ham qiynaldi. Musobaqa endigina boshlandi va oldinda hali o‘yinlar ko‘p. Vaziyatni o‘nglashga harakat qilamiz”, - dedi Arrubarena.
- Bugun “Paxtakor” kuchli yomg‘ir tufayli o‘z o‘yinini namoyish eta olmadi. Siz bugun qanday reja tuzgandingiz?
- Bizni o‘yinimizni ko‘rishingiz kerak. Bugun yomg‘ir tufayli to‘p bilan ko‘p muoamala qila olmadik. “Paxtakor” bunday sharoitga ko‘proq tayyor edi. Biz faqat tanaffusda o‘yinga o‘zgarishlar kiritdik.
- Aziz G‘aniyev bugun “Shabab Al Ahli” safida debyut qildi. Uning o‘yiniga qanday baho berasiz?
- Menimcha birinchi o‘yin uchun juda yaxshi o‘ynadi deb o‘ylayman. U safimizga qo‘shilganiga atigi 1 hafta bo‘ldi. Kecha aytganimdek hali jamoaning falsafasiga ko‘nikishi va yangi jamoadoshlari bilan til topishib ketishi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»