Kecha, 14 fevral kuni Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida Markaziy Osiyo mintaqasidagi 7 mamlakat — O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkaniston, Afg‘oniston hamda Eron milliy olimpiya qo‘mitalari bosh kotiblari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda 2021 yildan boshlab qator sport turlari bo‘yicha Markaziy Osiyo o‘yinlarini tashkil etishga kelishib olindi.
Atameken business nashrining yozishicha, tashabbus Qozog‘iston MOQ prezidenti Temur Kulibayev tomonidan ilgari surilgan.
Hozirda Markaziy Osiyo o‘yinlariga qaysi sport turlarini kiritish masalasi muhokama qilinmoqda. Yig‘ilishda olimpiya dasturiga kiritilgan sport turlaridan tashqari olimpiya dasturiga kiritilmagan mahalliy sport turlarini kiritish taklifi ilgari surildi.
Eslatib o‘tamiz 1994 yilda Markaziy Osiyoning beshta mamlakati MOQ rahbarlari yig‘ilishida Markaziy Osiyo o‘yinlari tashkil qilingan edi. Birinchi musobaqa 1995 yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan. 2005 yilga qadar umumiy hisobda 6 marta musobaqalar tashkillashtirilgan. Musobaqalar Toshkent (1995, 2005), Olmaota (1997), Bishkek (1999) hamda Dushanbe (2003) shaharlarida bo‘lib o‘tgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»