08:00 / 17.02.2020
2 613

OCHL 2-tur oldidan. G‘arb mintaqasi prevyusi

OCHL 2-tur oldidan. G‘arb mintaqasi prevyusi
17-18 fevral kunlari OCHL G‘arb mintaqasida 2-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Quyida G‘arb mintaqasida bo‘lib o‘tadigan 2-tur bahslarini keltirib o‘tamiz.

"A" guruhi
"Al Shorta" (Iroq) - "Al Vahda" (BAA)

17 fevral. Erbil. "Franso Hariri" stadioni

"Al Ahli" (S.Arabistoni) - "Istiqlol" (Eron)
17 fevral. Quvayt. "Jaber Al Ahmed" stadioni

Avvalgi turda "Istiqlol" bilan durang o‘ynagan "Al Shorta" bu safar o‘z maydonida BAAning "Al Vahda" klubini qabul qiladi. "Istiqlol" esa OFK chiqargan qarorga ko‘ra yana safarda o‘ynaydi va Quvaytda Saudiya Arabistonining "Al Ahli" klubi mehmoni bo‘ladi.

Shuni aytish kerak, "Al Ahli" bu uchrashuvni bosh murabbiy Kristian Grossiz o‘tkazadi. Chunki jiddaliklar milliy chempionatda "Al Vahda"ga mag‘lub bo‘lishganidan so‘ng klub rahbariyati bosh murabbiy bilan gaplashib olishni maqsad qilgan.

"B" guruhi
"Shabab Al Ahli Dubay" (BAA) - "Al Hilol" (S.Arabistoni)

17 fevral. Dubay. "Rashid" stadioni

"Paxtakor" (O‘zbekiston) - "Shahr Xodro" (Eron)
17 fevral. Toshkent. "Paxtakor" stadioni

Musobaqani g‘alaba bilan boshlagan "Paxtakor" bu safar Eronning "Shahr Xodro" klubini mag‘lub etishga urinib ko‘radi. Eronliklar o‘tgan tur "Al Hilol"ga imkoniyatni boy berishdi.

OCHLning amaldagi g‘olibi "Al Hilol" esa Dubayda "Shabab Al Ahli Dubay" bilan kuch sinashadi. 2015 yil o‘tkazilgan ushbu jamoalar o‘rtasidagi o‘yinda BAA klubi 3:2 hisobida g‘alaba qozongandi.

"C" guruhi
"Sharja" (BAA) - "Persepolis" (Eron)

18 fevral. Sharja. "Sharja" stadioni

"Al Taavon" (S.Arabistoni) - "Al Duhayl" (Qatar)
18 fevral. Burayda. "Qirol Abdulloh" stadioni

Hamyurtimiz Otabek Shukurov harakat qilayotgan "Sharja" 1-tur o‘z maydonida yutqazib qo‘ydi. Jamoa navbatdagi turni ham o‘z uyida o‘tkazadi. Sharjaliklar "Persepolis" bilan kuch sinashishadi. O‘tgan yil "Persepolis" guruhdan chiqa olmagandi, bu yil nima bo‘lishini esa vaqt ko‘rsatadi.

Nihoyat uch yillik tanaffusdan so‘ng OCHLga qaytgan "Al Taavon" yana o‘zini ko‘rsatishga urinib ko‘radi. "Al Duhayl" oxirgi marta 11 oy oldin Saudiya Arabistoniga safar uyushtirib "Al Hilol"ga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan.

"D" guruhi
"Al Ayn" (BAA) - "Al Nasr" (S.Arabistoni)

18 fevral. Al Ayn. "Hazza bin Zayed" stadioni

"Al Sadd" (Qatar) - "Sepaxon" (Eron)
18 fevral. Doha. "Jassim bin Hamad" stadioni

OCHL pley-off bosqichida "Bunyodkor"ni musobaqadan chiqarib yuborgan "Al Ayn" o‘z uyida Saudiya Arabistoni klubi bilan kuch sinashadi. Bog‘lar shahri deb ataladigan Al Aynda yana bir qiziq bahs bo‘lib o‘tishi kutilyapti. Avvalgi tur amirlik futbolchilari uyda "Sepaxon"ga yirik 0:4 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

"Al Sadd" esa Dohada "Sepaxon"ni qabul qiladi. Ma’lumki, Xavi shogirdlari o‘tgan turda durang qayd etishdi. "Al Sadd" Eron klublariga qarshi kechgan oxirgi 7ta o‘yinidan faqat bittasida mag‘lub bo‘lgan.

Muallif: Xayrulla Xoliqov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OCHL 2-tur oldidan. G‘arb mintaqasi prevyusi